Янгиликлар
Янгиликлар
2024-06-07
Bugun xabar berganimizdek, Uchquduq tuman hokimligi hamda tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi bilan hamkorligida o'tkazilgan mehnat yarmarkasida tumandagi 48 ta korxona va tashkilotlar o'zlarida mavjud 187 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etishdi.
Mazkur yarmarkada 205 nafar ishsiz fuqarolar qatnashib, shulardan 21 nafari davlat tashkilotlariga doimiy ishga joylashtirildi, 30 nafar xotin-qizlar kasb-hunarga bepul o'qishlari uchun yo'llanmalar berildi. Tadbirkorlik qilish istagi bo'lgan fuqarolarning 7 nafariga imtiyozli kredit ajratiladigan bo'ldi. Qolgan fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati
Навоий вилояти Камбағалликни қисқартириш ва Бандлик бош бошқармаси
Сайт материалларидан фойдаланганда,
ушбу сайтга хавола
кўрсатилиши шарт
Матнда хатолик топдингизми? Сичқонча билан белгилаб, Ctrl+Enter тугмаларини босинг