Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

#INSON_QADRI_UCHUN

error

2024-06-10

📎 Bugun viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi  boshlig'i L.Xayrullayev Navbahor tumanidagi "Navkar" mahallasida istiqomat qiluvchi hunarmand  Hayitova Nargiza xonadonida bo'lib faoliyati bilan tanishdi.

🔹 Uchrashuvda N.Hayitovaga faoliyatini kengaytirish,  shuningdek, mahalladagi ishsiz xotin-qizlarni jalb qilgan holda ustoz shogirt an'anasi hamda kasanachilikni yo'lga qo'yish bo'yicha tavsiyalar berildi.

🔹 Jarayon davomida  mazkur mahallada yashovchi “Ayollar daftari”, "Yoshlar daftari" da ro'yxatda turgan ishsiz xotin-qizlar yoshlarning bandligini ta'minlash maqsadida, mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyasi asosida mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan motokultuvator va tikuv mashinalari subsidiya asosida topshirildi.

✏️ Endilikda bu ayollar hamda yoshlar berilgan texnik jihozlar orqali oilasiga qoʻshimcha daromad topish imkoniyatiga ega bo'ldi.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati