Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Fransiya ham Germaniyada bo‘lgani singari bir qator sohalarda xodimlar tanqisligiga duch kelmoqda

error

2024-06-13

Fransiyada yashash va doimiy ishga ega bo'lish dunyoning turli burchaklaridan kelgan minglab xorijliklar orzusi hisoblanadi. Parijda va boshqa yirik shaharlarda ish topish uchun ko‘p hollarda fransuz tilini bilish va yetarli malakaga ega bo‘lish muhimdir. 

Ushbu davlat bandlik agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga talab yuqoriroq. Bugungi kunda Fransiya mehnat bozorida malakali kadrlarga ehtiyoj juda katta. 

Fransiyada talab yuqori bo‘lgan kasblar ro‘yxati:

 ▪️Muhandis (turli yo‘nalishlar);

▪️ Marketing menejeri;

 ▪️Qassob;

▪️ Mashina operatori;

▪️ Duradgor;

▪️ Dasturchi (turli yo‘nalishlar);

▪️ Qishloq xo‘jaligi xodimi;

▪️ Quruvchi (turli yo‘nalishlar);

▪️ Ijtimoiy ishchi;

▪️ Turizm bo‘yicha mutaxassis.