Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Yevropa Ittifoqi davlatlaridagi kadrlar tanqisligi Ispaniyani ham chetlab o‘tmayapti

error

2024-06-22

Ispaniya bandlik xizmati (SEPE) muntazam turli darajadagi kasblar uchun vakansiyalarni e’lon qilib boradi. Ammo so‘nggi yillarda mahalliy aholi orasida nomzodlarni topish katta muammoga aylanib bormoqda. Shu tufayli ko‘pgina kompaniyalar chet ellik ishchilarni yollashga e’tibor qaratmoqda.

Ispaniyada talab yuqori bo'lgan kasblar:

▪️Sport murabbiylari;

▪️Savdo kemalar bosh mexaniklari;

▪️Kema haydovchilari;

▪️Savdo samolyotlar uchuvchilari;

▪️Kema oshpazlari;

▪️Yo‘lovchi kemalarining yordamchi xodimlari;

▪️Kema ofitsiantlari;

▪️Alyuminiy va metall duradgorlari;

▪️Elektriklar;

▪️Avtokran haydovchi-operatorlari;

▪️Statsionar kranlarning haydovchi-operatorlari;

▪️Ko‘chma kranlar haydovchi-operatorlari.

Sayt (https://gov.uz/bv/) | Telegram (https://t.me/mehnatvazirligi) |  (https://dmi.mehnat.uz/)Facebook (https://www.facebook.com/www.mehnat.uz/) | Instagram (https://www.instagram.com/bandlik_vazirligi/) | Youtube (https://www.youtube.com/@bandlikvazirligi)