Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Ishsiz xotin-qizlarga subsidiya asosida tikuv dastgohlari berildi

error

2024-07-04

🔰 Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilangan. Bu borada joylarda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. 

 ✅  Xususan, Uchquduq tumani 3-sektor hududiga qarashli  "Yo‘lchilar" OFYda yashovchi  "Ayollar daftari"da turgan   tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan,  ishsiz xotin-qizlarga Bandlik jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan subsidiya asosida zamonaviy tikuv dastgohlari topshirildi.

✅ Jarayonda, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi boshlig‘i  Inomjon Rasulov ishtirok etib, fuqarolarni tabriklab tikuv mashinalaridan samarali foydalanishlari, bu orqali oilaviy tadbirkorlikni yo'lga qo‘yish bilan  moddiy ahvollarini yaxshilashiga erishishlarini taʼkidlab o‘tdi.

 🌐Bosh boshqarma axborot xizmati