Янгиликлар
Янгиликлар
2024-07-05
Bugun Navoiy viloyati hokimligi tashabbusi bilan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Navoiy shahridagi ”Alisher Navoiy” madaniyat va istirohat bog‘ida ishsiz fuqarolarni bandligiga ko'maklashish maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
🔹 Unda viloyatdagi 82 ta korxona va tashkilotlar hamda tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlarining 415 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.
📄 Tadbirda jami 41 nafar ishsiz fuqarolarni bandligi ta'minlandi. Jumladan, 34 nafar fuqarolar mavjud doimiy bo'sh ish o'rinlariga ishga joylashtirildi, 5 nafari kasb-hunarga o'qishga hamda 2 nafar fuqarolar haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.
✅ Shuningdek, hokim yordamchilari tavsiyasiga ko'ra, "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da ro'yxatda turgan xotin-qizlarning 16 nafariga subsidiya asosida tikuv dastgohlari topshirildi.
🌐Bosh boshqarma axborot xizmati