Янгиликлар
Янгиликлар
2024-07-06
🌐 Ijtimoiy tarmoqda “13 yillik mehnatim va sharoitim hech kimni qiziqtirmayapdi” mazmunidagi xabar tarqalgan edi.
Mazkur xabardagi holatni Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o'rganish olib borildi. O'rganish natijalariga ko'ra, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi xizmat xonasi farroshi Z.Berdiyeva bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 161-moddasi hamda O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining “Xodimlar sonini tartibga solish va boshqaruv tarkibini ta’minlash uchun xarajatlarni maqbullash bo’yicha normativ-hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 2003-yil 22-sentyabrdagi 1288-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan hamda shtatlar hajmi va soni qisqarganligi munosabati bilan ish beruvchining 2024-yil 3-iyun kunidagi 0-05/63-sonli buyrug’iga asosan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tarzda bekor qilingan. Fuqaro Z.Berdiyeva bilan tuzilgan mehnat shartnomasi g’ayriqonuniy tarzda bekor qilinmaganligi ma’lum qilinadi.
🌐 Bosh boshqarma axborot xizmati