Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Bugun viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev, Navbahor tumani "Navkar" mahallasida bo'ldi.

error

2024-07-11

 Unda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda tuman Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklshish  mas'ullari va Mahalla yettiligi ishtirokida  hududdagi aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish va “ishsizlikdan holi hudud”ga aylantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi muhokama etildi.

➡️  Jarayon davomida "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" da ro'yxatda turgan ishsiz fuqarolarning 2 nafariga tikuv mashinasi, 1 nafarga motokultuvator, 1 nafar fuqaroga elektr payvandlash dastgohi hamda qo'shimcha  asbob-uskunalar subsidiya asosida topshirildi.

🔹 Endilikda ushbu fuqarolar o'zini-o'zi band qilgan holda qoʻshimcha daromad topish imkoniga ega bo'lishdi. 

✏️ Bu kabi amaliy ishlar farovon oilalar ko'payishiga xizmat qilmoqda.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati