Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Mehnat yarmarkasi tashkil etildi

error

2024-07-31

➡️ Karmana tumanidagi "Do'stlik" MFY da ishsiz xotin-qizlar va bitiruvchi yoshlarni bandligini ta'minlash maqsadida  “Ishga marhamat” bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

✅ Ushbu mehnat yarmarkasiga 72 nafar bugungi kunda bandligi taʼminlanmagan ishsiz  xotin-qizlar va bitiruvchi yoshlar, probasiya nazoratida turuvchi  ishsiz fuqarolar jalb qilindi. 

✅ Mazkur yarmarkaga tumandagi  18 ta  korxona va tashkilotlar hamda xususiy tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlarida mavjud  318 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

📄 Mehnat yarmarkasi davomida 23 nafar ishsiz  fuqarolarni  bandligi ta'minlandi, 25 nafar fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

✏️ Shuningdek, hokim yordamchilari tavsiyasiga ko'ra, "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"da ro'yxatda turgan tadbirkorlikni yo'lga qo'yish istagida bo'lgan, xotin-qizlar va yoshlarning 24 nafariga subsidiya asosida tikuv dastgohlari, pishiriq pechi, muzlatgich kabi asbob-uskunalar topshirildi.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati