Янгиликлар
Янгиликлар
2024-08-23
Navoiy viloyati hokimligi tashabbusi bilan viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan Navoiy shahridagi ”Alisher Navoiy” madaniyat va istirohat bog‘ida yoshlar hamda ishsiz fuqarolarni bandligiga ko'maklashish maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
🔹 Unda viloyatdagi 92 ta korxona va tashkilotlar hamda tadbirkorlik sub’ektlari o‘zlarining 9912 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Yarmarkada asosan 1108 nafar bitiruvchi yoshlar va probatsiya nazoratida turgan 12 nafar fuqarolar ishtirok etdi.
📄 Tadbirda ishsiz kasb-hunarga ega bo'lmagan 76 nafar fuqaroga, monomarkazlarga o'qishlari uchun yo'llanmalar berildi. Shuningdek, 110 nafar tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan fuqarolarga, subsidiya va imtiyozli kreditlar uchun tavsiyanomalar ajratildi. Jarayonda, 321 nafar fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo'yicha maslahatlar berildi.