Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

🌹Gulchilikdan mo'maygina daromad topayotgan oila

error

2024-09-05

 Bugun yerga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Bir qarich yerdan unumli foydalanib yaxshigina daromad qilayotgan, ro‘zg‘orini farovon, dasturxonini to‘kin qilayotgan vatandoshlarimiz faoliyati bunga yaqqol misol.

Navoiy shahar "Yoshlik" MFYda istiqomat qiluvchi O'tkir Abdurasulov loyiha qiymati 60 mln bo'lgan, oilaviy tadbirkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida, mahalladagi hokim yordamchisi O'tkir  Asadov tavsiyasi asosida tadbirkorlikni yo'lga qo'ydi. "Biznesga birinchi qadam" dasturi doirasida 17 mln so'm imtiyozli kredit olib, 43 mln o'z mablag'i evaziga 3 sotixli issiqxona tashkil etdi. 

 Mazkur issiqxonada jami 2200 tup atirgul ko'chatini ekib gulchilik faoliyatini olib bormoqda. Buning ortidan 4 nafar ishsiz xotin-qizlarni bandligini ta'minladi. O'tkir Abdurasulov  hozirgi kunda tadbirkorligi ortidan oyiga 20 mln so'm oilasiga qo’shimcha daromad keltirmoqda.

🌐Bosh boshqarma axborot xizmati