Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

RASMIY MUNOSABAT

error

2024-09-05

🌐 Ijtimoiy tarmoqda “Navoiy tajribasi yoxud inson qadri” sarlavhasi bilan tanqidiy https://t.me/eltuz2022/30551 maqola e’lon qilindi. Unda joriy yilning 23-avgust sanasidan buyon Navoiy shahridagi “mahalla yettiligi” a’zolari tongi soat 6:30 dan Sug’diyona sport maydoniga obodonlashtirish ishlari bo’yicha yig’ilishga majburlanayotganligi, bu orqali mehnat qonunchiligi buzilayotganligi bayon qilingan.

Ushbu holatni Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o'rganish olib borildi. O'rganish jarayonida ijtimoiy tarmoqda chiqarilgan fotosuratlar 2024-yil 24-avgust kuni tushurilgan bo’lib, Navoiy shahrida mustaqilligimizning 33 yillik bayramiga munosib tayyorgarlik ko’rish maqsadida “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida tashkil etilgan umumxalq xayriya hashariga  start berilishidan oldingi holat aks etgan.

Mazkur tadbirda sektor rahbarlari, shahar korxona va tashkilot mutasaddilari, mahalla yettiligi, shahar obodonlashtirish boshqarmasi ishchi – xodimlari hamda keng jamoatchilik  vakillari ishtirok etib, umumxalq xayriya hashari oldidan joylarda olib borilishi lozim bo’lgan ishlar kelishib olingan.

Shuningdek, ushbu 15 daqiqalik uchrashuv mеhnat qonunchiligiga zid ravishda  qilinmaganligi jumladan bu kabi tonggi yig'ilishni  Prezident tashrifi chog’ida Navoiy tajribasi sifatida ko’rsatish yoki boshqa biror maqsad ko’zda tutilmaganligi ma'lum bo'ldi.