Янгиликлар
Янгиликлар
2024-11-04
✍️ Davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 11-sentabr kuni o‘tkazilgan yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi xususida barcha darajadagi mas’ullarga vazifalar belgilab berilgan edi.
🔹 Xususan Navoiy viloyatida ham mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida kambaĝallikni qisqartirish yònalishida 2723 ta oilalarni kambaĝallikdan chiqarish maqsadida 11254 nafar oila a'zolari 550 ta korxona va tashkilot rahbarlariga biriktirildi.
🔹 Jumladan, viloyat Kambaĝallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshliĝi L.Xayrullayev òziga biriktirilgan xonadonlarni bandlik darajasi va oilaviy ahvolini òrganmoqda. Bu boradagi amaliy ishlar Navbahor tumani "Navkar" mahallasida davom etdi. Xususan, makur hududda tanlab olingan 5 ta xonadon mas'ullar ishtirokida kambaĝallik darajasi òrganilib, amaliy ishlar boshlandi.