Янгиликлар
Янгиликлар
2024-11-14
Unda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari I.Adhamov hokim yordamchilari faoliyatida uchrab turgan kamchiliklarni tanqid ostiga olib, tizim doirasidagi korrupsiyaviy holatlarni oldini olish, xususan, imtiyozli kreditlar taqsimotini toʻgʻri yoʻnaltirish, uni oʻz egalariga yetkazish va natijadorligini taʼminlashda masʼuliyatni yanada kuchaytirish lozimligini ta'kidlab o'tdi.
Yig'ilishda B.Zohidov hokim yordamchilari faoliyatining 10 oylik natijalari, mahallalarda tanlab olingan xonadonlarni daromadini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ijrosi, kam daromadli oilalarga moliyaviy va konsultativ xizmatlar paketini taqdim etish, kichik ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlarida namunali mikroloyihalarni shakllantirish va ishga tushirish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berdi.
Shuningdek, kambag'allikni qisqartirish va barqaror daromadni ta'minlashda aholi tomorqasi va dehqonchilik uchun ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, migratsiyadan qaytgan fuqarolarning bandligini taʼminlashda hokim yordamchilari zimmasidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Yigʻilishda Vazirlik markaziy apparati, Bosh Prokuratura va uning hududlardagi soha bo'yicha mas'ullari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish hududiy boshqarmalari boshliqlari, hokim yordamchilari va boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.