Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Bir savolga - bir javob

error

2024-12-20

Yaqinda ishdan bo‘shadim, lekin 2020-2021-yillarda mehnat ta’tiliga chiqmaganman. Foydalanilmagan ta’tillarni olish tartibi qanday?

Mehnat kodeksining 234-moddasiga (https://lex.uz/ru/docs/6257288#6263207) asosan, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi.

Shunga ko'ra, 2020-2021-yillar mobaynidagi ish davrida foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun sizga pullik kompensatsiya to‘lab beriladi.