Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

LOYIHA VA MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI

error

2025-01-16

➡️ Bugun Navoiy shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik  boshqarmasi, Navoiy shahar hokimligi hamda Navoiy shahar prokuraturasi hamkorligida loyiha va mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

✅ Tadbirda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik  boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev so‘zga chiqib, mazkur yarmarkaning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Yarmarka davomida tadbir mas'ullari jarayonlarni kuzatib bordilar.

✅ Mazkur yarmarkada 30 ta korxona va tashkilotlar hamda tijorat bank muassasalari o‘zlaridagi 43 ta mavjud bo'sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Ushbu mehnat yarmarkasida 100 dan ortiq fuqarolar ishtiroki ta'minlandi. Shuningdek, yarmarkada 14 nafar ishsiz fuqarolarni doimiy ish bilan bandligi ta'minlandi.