Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

BO'SH ISH O'RINLARI MEHNAT YARMARKASI TASHKIL ETILDI

error

2025-01-22

➡️ Navbahor tumanining "Beshrabod" mahallasi hududidagi 11-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida ishsiz yoshlar, ishsiz xotin-qizlar va band bo'lmagan aholi bandligini ta'minlash, shuningdek, banklar tomonidan loyihalar taqdim etish maqsadida Tuman hokimligi, viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tashabbusi bilan"Boʻsh ish oʻrinlari" mehnat yarmarkasi boʻlib oʻtdi.

✅Ushbu yarmarkada tumandagi 87 ta tashkilot, korxona va muassasalar oʻzlarida mavjud boʻlgan 255 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan ishtirok etdi. 

✅Yarmarkada 37 ta tadbirkorlik subektlari o'zi ishlab chiqargan mahsulotlari va loyihalari bilan qatnashdi.  Jarayonda 118 nafar ishsiz fuqaro qatnashdi, shundan 24 nafar fuqarolar doimiy ish o'rinlariga joylashish uchun yo'llanmalar berilgan bo'lsa, 9 nafar xotin-qizlar Kasbiy-ko'nikmalar markazida kasb-hunarga o'qishga jalb etildi.