Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

KONIMEX TUMANIDA "LOYIHALAR VA MEHNAT" YARMARKASI O'TKAZILDI

error

2025-01-22

🔰Davlatimiz Rahbari tomonidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish va tijorat banklarining rolini oshirish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Konimex tumani politexnikumida “Loyihalar va mehnat yarmarkasi”  tashkil etildi.

▶️Ushbu mehnat yarmarkada jami 11 ta korxona va tashkilotlar   jumladan 7 ta davlat  tashkilotlari  4 ta xususiy korxonalar o'zlaridagi mavjud 50 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi.

▶️O'tkazilgan bo‘sh ish o'rinlari yarmarkasida 52 nafar ishsiz fuqarolar jalb etildi.  Jarayon davomida 14 nafar fuqarolarga hududdagi tashkilot va muassasalarga doimiy ishga joylashish uchun yo'llanmalar berildi. Qolgan fuqarolarga mehnat qonunchiligi yuzasidan hamda ish joyini oʻzgartirish bilan bog‘liq masalalarda huquqiy tushunchalar berildi.