Янгиликлар
Янгиликлар
2025-01-22
Hayotda to'g'ri kasb tanlash muvaffaqiyatli kelajakning garovidir. Chunki, insonning aksariyat vaqti ish jarayonlarida o'tadi. Shu sababdan ham kishi o'zi uchun sevimli hunarni o'rganishi, o'zi yoqqan kasb bilan shug'ullanishi kerak.
➡️ Xabar berib borayotganimizdek, ishsiz va band bo'lmagan fuqarolar, ayniqsa xotin-qizlar va yoshlarning bandligiga ko'maklashish, ularni mehnat bozoridagi kasblarga yo'naltirish maqsadida Uchquduq tumanida viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tashabbusi bilan “Mustaqillik” mahallasida "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi" tashkil etildi.
🔹Mazkur yarmarkada 40 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar o'zlarining 120 dan ortiq bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi.
🔹Mehnat yarmarkada 60 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Ular o'zlariga mos bo'lgan ish o'rinlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldi. Natijada, 18 nafar fuqarolar bilan ish beruvchilar o'rtasida mehnat shartnomalari imzolandi.
🔹Shuningdek, 4 nafar fuqaroga mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblarga tayyolarlash, qayta tayyorlash uchun yo'llanmalar berildi.
📌Bu kabi yarmarkalarning davomli tashkil etilishi, ishsiz bo'lgan fuqarolarimiz uchun o'zlariga munosib ish o'rni topishda muhim ahamiyat kasb etadi.