Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

#JARAYON

error

2025-02-10

Qiziltepa tuman hokimligida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov va tuman hokimi Bekzod Bobomurodov hamda viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev mahallalarda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari ishtirokida seminar tashkil etildi. 

Seminarda Davlatimiz rahbarining 2025-yil 17-yanvardagi, "2025-yilda aholi bandligini ta'minlash va kambaĝallikni qisqartirish chora-tadbirlari tòĝrisida"gi PQ -12-son qarori hamda, Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov raisligida hududlarda aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va migratsiyani kamaytirish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish hamda kichik va o‘rta loyihalarni amalga oshirishning 5 ta yo‘nalishi bo‘yicha masalalar muhokama etildi. Kengaytirilgan yig‘ilishda berilgan topshiriqlar, rejalar bo‘yicha so‘z bordi.

Jarayonda hokim yordamchilari, mutasaddi rahbarlar bilan suhbatlashib, ularning fikr mulohazalarini  tinglandi.