Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

#Sayyor qabul

error

2025-02-19

Inson manfaatlarini ta'minlash uchun avvalo, xalq bilan muloqot qilish, ularning hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish alohida ahamiyat kasb etadi. Aholiga huquqiy yordam berish, ularni bilim va kasb o'rganishga ishtiyoqi bor bo'lgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida har bir mahalla kesimida sayyor qabul tashkil qilinishi fikrimizning yaqqol dalilidir.

✅ Xususan, viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev va tegishli mas'ullar ishtirokida Navoiy shahridagi "Taraqqiyot" mahallasida fuqarolarni muammo va takliflarini o'rganish hamda hal etish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

✅ Qabul jarayonida fuqarolar ishga joylashish, tadbirkorlik masalalari, imtiyozli kredit ajratish yuzasidan o'zlarini qiynayotgan savollar bilan murojaat qilib, mas'ullardan kerakli tavsiyalarni oldilar. 

✅ Uchrashuv davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyatiga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 3 ta murojaat o'rganilishi vaqt talab etganligi bois tegishli tartibda nazoratga olindi.

✔️Bu kabi tadbirlarning o'tkazib borilishi, xalq bilan faol va ochiq muloqotlar olib borilishi, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini ta'minlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratish maqsad qilingan.