Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

#JARAYON

error

2025-02-26

Kambaĝallikni qisqartirish va bandlik vaziri o'rinbosari Sirojiddin Boboqulov viloyatimizga qilgan tashrifi davomida,  Karmana tumanining "Uyrot" mahallasida bòlib,  xonadonlarda tashkil etilgan ko‘chat yetishtirish loyihalari bilan ham tanishdi.

🔹Xususan, vazir ushbu mahallada istiqomat qiluvchi Elmurod Kenjayev xonadonida bo‘lib, gulchilik, ko‘chatchilik hamda intensiv usulda baliq chavoqlarini yetishtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. 

🔹Seminar qatnashchilari tadbirkor ishlarini e'tirof etib, faoliyatni yanada kengaytirgan holda qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha bir qator tavsiyalar berdi.

📌 Raqamlarga e'tibor beradigan bo'lsak, mazkur oila birgina  baliq chavoqlarini yetishtirsh bo'yicha yiliga o'rtacha 700-800 ming dona chavoq yetishtirish orqali oylik sof foydasi 77 mln so'mni tashkil etmoqda. Oilaning ko'chatchilik borasidagi tajribasi ham e'tirofga loyiq.