Янгиликлар
Янгиликлар
2025-02-26
#SEMINAR
➡️ Seminar yakunida Navoiy shahridagi "Ma'naviyat va Ma'rifat" markazida vazirlik va idora rahbarlari, shuningdek, viloyatdagi tegishli tashkilot rahbarlari hamda qizil toifadagi 41 ta mahalla raislari hamda hokim yordamchilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida yakuniy uchrashuv tashkil etildi.
🔹Ko'zlangan maqsad esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish borasida Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan ilgʻor tajribalar bilan tanishtirish hamda bilim va koʻnikmalarni oshirish ko'zda tutilgan.
🔹 Shuningdek, ogʻir 41 ta mahallada tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlarini namunali tashkil qilish.
🔹 Bundan tashqari, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida har bir mahallani aniq bir yoʻnalishga ixtisoslashtirish, shuningdek xonadonlarni kooperasiya usulida biriktirish va yetishtirilgan mahsulotni markazlashgan holda realizasiya qilishga qaratilgan.
📌 Muhimi har bir mahallaning eksport salohiyatini yuksaltirish, bozorlardagi narx-navoni pasaytirish chora-tadbirlarini izchillik bilan davom ettirish belgilangan.