Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

"O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining qo'llanilishi, amaliyotdagi muammolar va ularning huquqiy yechimi" mavzusida seminar bo'lib o'tdi.

error

2025-04-01

#SEMINAR

🔰 O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasining viloyat Kengashi binosida  Fuqarolik ishlari bo'yicha viloyat sudi hamda Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi hamkorligida  "O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining qo'llanilishi, amaliyotdagi muammolar va ularning huquqiy yechimi" mavzusida seminar bo'lib o'tdi. 

➡️ Unda Viloyat sudi fuqarolik ishlari bo'yicha sudlov hay'ati raisi Ixtiyor Qosimov boshchiligida fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo sudlar sudyalari hamda raislari, Kasaba uyushmasi Federatsiyasining viloyat Kengashi raisi Nazira Tog'ayeva shuningdek, Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig'i Dilshod Usmonov va mehnat inspeksiyasi inspektorlari ishtirok etdi. 

✅ Seminar jarayonlari bahs va munozaralarga boy ruhda kechdi Mehnat qonunchiligi me'yorlarini sud amaliyotida qo'llash va mehnat nizolarining oldini olish masalalari muhokama etildi.