Янгиликлар
Янгиликлар
2025-04-02
➡️ Nurota tumanining og‘ir toifadagi mahallalarida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish hamda Davlatimiz Rahbarining 2025 yil 6-martdagi F-18-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ tomonidan kambag‘al oilalarning ishsiz a’zolari bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
✅ Jumladan, "Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi doirasida tuman hokimi Azamat Fayziyev, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev va tegishli mas'ullar tumandagi mavjud 31 ta mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holatini yaxshilash hamda doimiy daromad manbaiga ega bo'lishlarida ko'maklashish maqsadida “Navoiy kon metallurgiya kombinati” AJ homiyligi bilan bir guruh kam ta'minlangan oilalarga chorva mollari tarqatildi.