Янгиликлар
Янгиликлар
2025-04-17
➡️ Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan “NAVOIYAZOT”AJ korxonasida mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan seminar tashkil etildi .
🔰 Seminarda ishtirokchilarga mehnat muhofazasi bo'yicha amaldagi qonunchilik, xavfsizlik texnikasi qoidalari, baxtsiz hodisalarni oldini olish choralari hamda ish joylarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish bo'yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, seminar davomida ishchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar bo'yicha mutaxassislar bilan fikr almashish imkoniyatiga ega bo'lishdi.
✅ Mazkur tadbir mehnat muhofazasi madaniyatini oshirish, ishchilar salomatligini saqlash va ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladi.