Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Navoiy davlat universitetida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

error

2025-04-22

➡️ Navoiy davlat universitetida talabalar bandligini ta’minlash hamda 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilarini ishga taqsimlash maqsadida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

✅ Unda 600 dan ortiq talabalar qatnashdi. Jarayonda, shahar va tumanlardagi 72 ta tashkilot, muassasa va korxonalar ishtirok etdi. Ular tomonidan yarmarka ishtirokchilariga 350 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi. Shuningdek, 95 nafar bitiruvchi yoshlarga ishga joylashishi uchun yo'llanmalar berildi.

✔️ Tadbirda Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari J.Xodjayev, universitet rektori M.Kalonov hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev shuningdek, hamkor tashkilotlar rahbarlari va soha mutasaddilari ishtirok etdilar.