Янгиликлар
Янгиликлар
2025-04-30
Yoshlar va ishsiz fuqarolar bandligi ta'minlanmoqda
➡️ Bugun, 2025-yil 30-aprel kuni, Navbahor tumani 2-son Politexnikumida viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tashabbusi bilan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo'lib o'tdi.
Tadbirning asosiy maqsadi bitiruvchi yoshlar hamda ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash, ularni ish bilan ta'minlashga ko'maklashishdan iborat bo'ldi.
Jarayonda Navbahor tumani hokimining birinchi o'rinbosari Murod Jumaboyev hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i L.Xayrullayev va hamkor tashkilotlar rahbarlari va soha mutasaddilari ishtirok etdilar.
Yarmarkada 74 ta korxona va tashkilotlar 158 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdi. Tadbirda 700 ga yaqin fuqarolar qatnashdi.
Yarmarka davomida 26 nafar fuqarolarga doimiy ishga joylashishi uchun yo'llanmalar berildi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo'lgan 24 nafar fuqaroga hokim yordamchilari tavsiyasi bilan tijorat banklaridan imtiyozli kredit olishlari uchun tavsiyanomalar berildi. Bundan tashqari 100 ga yaqin fuqarolarga mehnat qonunchiligi doirasida huquqiy maslahatlar berildi.
Mazkur yarmarka yoshlar va ishsiz fuqarolarning bandligini ta'minlash, ularni mehnat bozoriga integratsiya qilish, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko'maklashish yo'lida muhim qadam bo'ldi.
Tadbirning muvaffaqiyatli o'tkazilishi, ishtirokchilarning faol qatnashuvi va ko'rsatilgan xizmatlar fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga xizmat qiladi.