Янгиликлар
Янгиликлар
2025-04-30
MEHNAT XAVFSIZLIGI — USTUVOR VAZIFA
Bugun, 28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Zafarobod” kon boshqarmasi 2-sonli geotexnologik konida seminar bo‘lib o‘tdi.
🟢Seminarda “Navoiyuran” DKning Mehnatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish bo‘yicha direktori S.Nurnazarov, Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi inspeksiyasi davlat texnik inspektori O.Kenjayev, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi xizmati hamda tizimdagi tarkibiy bo‘linmalarning sohaga aloqador mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
🟢Dastlab, korxonada mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, ish joylarida inson hayoti va sog‘ligi bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish, jarohatlarning sonini kamaytirish va ishchi-xodimlarning shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.
🟢Shuningdek, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishning ishchi-xodimlar hayoti va ishlab chiqarishdagi ahamiyati xususida aniq misollar orqali to‘xtalib o‘tildi.
🟢Seminar davomida korxonaning tarkibiy bo‘linmalarida sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishda o‘z hissasini qo‘shgani uchun hamda sana munosabati bilan bir guruh muhandis-texnik xodimlar Korxona rahbariyati va 6-sonli Birlashgan kasaba uyushmasi Qo‘mitasi tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, 2-sonli geotexnologik konida o‘tkazilgan “Eng yaxshi mexaniklar” ko‘rik-tanlovi g‘oliblariga diplomlar topshirildi.
🟢Bundan tashqari, ishchi-xodimlarning shaxsiy himoya vositalari, maxsus kiyimlar va zamonaviy asbob-uskunalarning ko‘rgazmasi tashkil etilib, ular haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi.