Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

# “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” davom etmoqda

error

2025-05-02

➡️ 28-aprel - "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni"

✍️  Mazkur sana munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmasi Federatsiyasining viloyat Kengashi binosida Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi inspektorlari, Kasaba uyushmalari federatsiyasi vakillari, ish beruvchilar, sanoat korxonalarining mehnatni muhoza qilish bo'yicha vakillari va kasaba uyushmasi a'zolari ishtirokida seminar bo'lib o'tdi.

🔹 Unda raqamli texnologiyalar, sun'iy intellektning mehnat muhofazasi tizimidagi o'rni, ishlab chiqarishdagi xavf-xatarni avtomatlashtirilgan tarzda aniqlash, monitoring qilish va salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qiluvchi ilg'or texnologik yondashuvlar muhokama qilindi. 

🔸Tadbirda Davlat mehnat inspeksiyasi vakili Azim Bozorov so'zga chiqib mehnatni muhofaza qilish bo'yicha Navoiy viloyat Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar to'g'risida ma'lumot berdi.