Янгиликлар
Янгиликлар
2025-05-03
Bugun Xatirchi tumani hokimligida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Baxriddinov hamda tuman hududidagi 70 ta mahalla hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida hokim yordamchilarining faoliyati tahlil etilib, mavjud kamchiliklar muhokama qilindi. Shuningdek, mahallalarda yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish, kichik biznesni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar belgilandi.
Mazkur chora-tadbirlar tuman aholisi bandligini oshirish hamda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.