Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

"AYOLLAR DAFTARI" - IMKONIYATLAR DAFTARI

error

2025-05-05

"AYOLLAR DAFTARI" - IMKONIYATLAR DAFTARI

Konimex tumani "Sho'rtepa" mahallasi fuqarosi Dilafruz Xaydarova bugun tumanda tadbirkor ayollarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan xotin-qizlardan biri. 

“Ayollar daftari” ro'yxatida turib, imtiyozli kredit ajratilgach, mahalladagi hokim yordamchisi tavsiyasi bilan, dastlab 10 quti bilan boshlagan asalarichilik yo'nalishidagi tadbirkorlik loyihasi yanada kengayib, bugungi kunda qariyb 100 qutidan oshdi va qo'shimcha daromad manbaiga aylandi.

Boquvchisini yo'qotib, hayot qiyinchiliklari va tushkunlikka tushib qolmasdan qahramonimiz farovon hayot kechirish va farzandlarining yaxshi ta'lim-tarbiya olishlari uchun doimo harakatda va izlanishda. Kelgusida asalarichilik faoliyatini yanada kengaytirishni maqsad qilgan.