Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Xatirchi tumanida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

error

2025-05-06

➡️ Bugun Xatirchi tumanidagi Pedagogika texnikumida fuqarolarning murojaatlari va muammolarini joyida hal etish maqsadida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. 

🔹 Ushbu tadbirda Respublika ishchi guruhi a’zolari, viloyat rahbariyati, viloyatdagi tegishli boshqarmalar rahbarlari hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig'i Lutfullo Xayrullayev ishtirok etdi.

🔸 Sayyor qabul davomida fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari – ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa muhim masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat alohida tartibda ko‘rib chiqilib, joyida huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatildi, ayrim masalalar esa mas’ul tashkilotlar zimmasiga nazoratga olindi.

✔️ Sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqot o‘rnatish, ularning hayotiy muammolarini bevosita joyida hal etish hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.