Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

NAVBAHOR TUMANI NAVKAR MAHALLASIDAGI ISHSIZ VA BAND BO‘LMAGAN YOSHLARNI MANZILLI O‘RGANILDI

error

2025-05-08

NAVBAHOR TUMANI NAVKAR MAHALLASIDAGI ISHSIZ VA BAND BO‘LMAGAN YOSHLARNI MANZILLI O‘RGANILDI

Bugun Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev Navbahor tumani “Navkar” mahallasida bo‘lib, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish maqsadida joylarga chiqdi.

Unda, Navkar mahallasida yashovchi ishsiz va band bo‘lmagan yoshlar to‘g‘risida manzilli o‘rganish ishlari tizimli ravishda olib borildi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – mahalladagi ishsiz, o‘qimayotgan, mehnat faoliyatiga jalb qilinmagan yoshlarni aniqlash, ularning ijtimoiy ahvoli, malakasi, qiziqishlari va imkoniyatlarini o‘rganish hamda ular bilan individual ishlash orqali bandlik darajasini oshirishdan iborat.

Mazkur jarayon doirasida:

Har bir yosh bilan ularning yashash manzili bo‘yicha uyma-uy yurib suhbatlar o‘tkazildi;

O‘rganish natijalariga asosan, yoshlar maqsadli ravishda kasb-hunar o‘rgatish kurslariga yo‘naltirildi;

Ishga joylashish istagida bo‘lgan yoshlarga bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha tavsiyalar berildi;

Olib borilayotgan manzilli o‘rganish ishlari mahalla yettiligi, va tegishli mas'ullar ishtirokida amalga oshirildi. Mazkur sa’y-harakatlar orqali yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni foydali mehnatga jalb qilish hamda jinoyatchilik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish ko‘zda tutilgan.

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi axborot xizmati