Янгиликлар
Янгиликлар
2025-05-16
Ijtimoiy tarmoqlarda "Ishga kirish uchun kimlargadir yirik miqdorda poralar berib, jinoyatga qo'l urishim kerakmi?" sarlavhali xabar tarqaldi.
Fuqaro B.Abdusamiyevning ushbu murojaati Navoiy viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan nazoratga olinganini ma'lum qilamiz.
Fuqaro B.Abdusamiyev Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish Uchquduq tuman bo'limiga ish so'rab murojaat qilganida bo'lim xodimlari tomonidan fuqaroga mutaxassisligi bo'yicha bo'sh ish o'rni yo'qligi tushuntirilib, xususiy sektorlarda mutaxassislik talab etilmaydigan mavjud bo'sh ish o'rinlari taklif etilgan. Biroq fuqaro B.Abdusamiyev taklif etilgan bo'sh ish o'rinlarini rad etgan. Shundan so'ng Bandlik xodimlari tomonidan B.Abdusamiyevga O'zbekiston Respublikasining 20.10.2020-yildagi O'RQ-642 sonli Qonunning 62-moddalariga asosan ish qidirayotgan hamda ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish kurlarida o'qish taklifi berilgan. Fuqaro B.Abdusamiyev aynan NKMK AJ ShKBga ishga kirishini bildirgan.
B.Abdusamiyevni bandligini ta'minlash maqsadida Uchquduq tuman Kambag'llikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan NKMK AJ ShKBga 01733-hamda 01731-sonli xat va tegishli hujjatlar taqdim etilgan bo'lib, fuqaroni ishga joylashtirish choralari ko'rilayotganligini bildiramiz.
Shuningdek, B.Abdusamiyevga murojaati yuzasidan ko'rilayotgan ishlar natijalari bo'yicha yozma axborot taqdim etilishini ma'lum qilamiz.