Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

#RASMIY_MUNOSABAT

error

2025-05-16

Ijtimoiy tarmoqda “Bu bizning karerda: +48 daraja issiq!” sarlavha bilan rudnikda haqiqiy jazirama - ishchilar shunday og‘ir sharoitda ham oltin qazib olishda davom etishmoqda mazmunidagi axborot tarqaldi.

Mazkur murojaat yuzasidan Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlar mehnat inspeksiyasi tomonidan o'rganish natijalariga ko'ra quyidagilar ma'lum qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmat agentligi Navoiy viloyati markazi bergan tezkor axborotga ko‘ra, joriy yilning 14-16-may kunlari viloyatimiz hududida havo harorati kunduz kunlari 41-43 darajagacha, cho‘l hududlarida 44 darajagacha ko‘tarilganligi ma'lum bo'ldi. Shuningdek, korxona ishchi xodimlari bilan o'rganish jarayonida suhbat olib borilganda havo harorati 14-may sanasida +48 darajada issiq bo'lmaganligini hamda havo harorati ko'tarilishi bilan bog'liq  holatlarda ish vaqti tartibi, ishchilar uchun salqinlanish zonalari, ichimlik suvi bilan ta'minlanishi  va boshqa zarur choralar belgilangan tartibda amalga oshirilishini va barcha ishlar amaldagi mehnat qonunchiligiga va sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq tarzda tashkil etilganligini o'z so'zlarida bayon etdi. Shu bilan birga o'rganish jarayonida yaratilgan sharoitlar bilan tanishilganligini hamda yuqoridagi murojaat o'z tasdig'ini topmaganligini ma'lum qilamiz.