Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Navbahor tumanida hududlararo mehnat yarmarkasi va sayyor qabullar tashkil etildi

error

2025-05-21

Respublika ishchi guruhi tomonidan 2025-yil 20–22-may kunlari Navoiy viloyatining shahar va tumanlarida aholining bandligini ta'minlash, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida sayyor qabullar va mehnat yarmarkalari tashkil etilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida bugun 21-may kuni Navbahor tumanidagi 2-son Politexnikum hududida Navbahor, Konimex, Xatirchi, Nurota tumanlari hamda G‘azg‘on shahri aholisi ishtirokida mehnat yarmarkasi va sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbirda jami 376 nafar fuqaro ishtirok etdi. Yarmarkaga 186 ta korxona va tashkilotlar jalb qilinib, ular tomonidan jami 971 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

Natijada:

94 nafar fuqaroga doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi;

64 nafar ishtirokchi bevosita ishga qabul qilindi;

26 nafar fuqaroga kasb-hunar o‘rganishlari uchun yo‘llanmalar taqdim etildi;

32 nafar fuqaroning tadbirkorlik tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ularga imtiyozli kredit olish uchun hokim yordamchilarining tavsiyanomalari berildi;

18 nafar ishtirokchiga mehnat qonunchiligiga oid huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari hamda viloyat boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida fuqarolarning bandlikka oid 10 ga yaqin murojaat va takliflari ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Mazkur tadbirlar joylarda bandlik va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilmoqda.

Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi axborot xizmati