Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

BANDLIKNI TA'MINLASHGA QARATILGAN YIRIK TASHABBUS ZARAFSHONDA DAVOM ETDI

error

2025-05-22

Navoiy viloyatida Respublika ishchi guruhi tomonidan aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni kamaytirish yo‘nalishida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2025-yil 20–22-may kunlari davomida viloyatning barcha hududlarida mehnat yarmarkalari va sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Bugun ushbu tashabbus doirasida Zarafshon shahrida joylashgan 7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida navbatdagi mehnat yarmarkasi va sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Zarafshon shahri, Uchuquduq va Tomdi tumanlaridan tashrif buyurgan fuqarolar ishtirok etdi.

Yarmarkada jami 111 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi. Ular uchun 49 ta korxona va tashkilot tomonidan 290 ta bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi. Natijalar esa quyidagicha:

48 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi;

23 nafar kishi joyida ishga qabul qilindi;

17 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun imtiyozli kredit olish yuzasidan tavsiyanomalar taqdim etildi;

24 nafar ishtirokchiga mehnat qonunchiligiga oid zaruriy huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi vakillari, shuningdek, viloyat boshqarmasi mutasaddilari tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, bandlik tizimiga oid 15 dan ortiq masala joyida ko‘rib chiqildi va yechimlar belgilandi.

Bu kabi tashabbuslar nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratish, balki aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning faol hayotiy pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi axborot xizmati