Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Kelajak sari ilk qadamlarda – viloyat rahbariyati yoshlarga madadkor

error

2025-05-24

🔰 Bugun viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev Navbahor tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u tumandagi 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

🔸 Tadbir davomida Lutfullo Xayrullayev maktabni tamomlayotgan bitiruvchi yoshlarni tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida omad va zafarlar tiladi. Bitiruvchilarga esdalik sifatida faxriy yorliqlar topshirildi.

🔹Shuningdek, o‘quvchilarga namunali ta’lim bergan, fidokorona mehnat qilgan eng faol ustoz va murabbiylar ham boshqarma boshlig‘i tomonidan tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

🔸Mazkur tadbir yoshlarga g‘ayrat va ilhom bag‘ishlab, ularning kelajakka bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamladi.