Янгиликлар
Янгиликлар
2025-06-04
Avval xabar berganimzdek Ijtimoiy tarmoqlarda “Iltimos meni murojaatimni quyidagi shaxslarga yetkazishga yordam bering! ” mazmunidagi fuqaro B.Abdusamiyev murojaati tarqalgan edi.
Mazkur xabardagi holatni Navoiy viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi. O'rganish jarayonida fuqaro B.Abdusamiyev bilan bandlik bo‘limi xodimlari va mas’ullar tomonidan bir necha bor suhbat olib borilgan va tumanda mavjud vakant ish o‘rinlari taklifi berilganligi aniqlandi.
Bandlik boshqarmasi vakili,tuman hokimining birinchi o'rinbosari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri hamda tuman bandlik mas'ullari bilan birgalikda fuqaro B.Abdusamiyev ishtirokida murojaati o'rganib chiqildi. Unda fuqaro 2024-yil Uchquduq tuman Sanoat texnikumini mashinasozlik texnalogiyasi mutaxassisligini tamomlaganligi, shuningdek, ta'mirlovchi chilangar mutaxassisligi bo'yicha maxsus guvohnomalarini mas'ullarga taqdim etdi.
Jarayonda fuqaro NKMK AJ SHKBga ishga joylashtirishda amaliy yordam so'rab murojaat qildi.
Uchquduq tuman hokimining 2024-yil 31-oktyabrdagi 129-5-76-Q/24-sonli kvota qaroriga asosan umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo'lgan yoshlar toifasi bo'yicha tumandagi 41 ta tashkilotga 107 ta ish o'rinlarini zaxiralash majburiyati yuklatilgan.
Shundan 53 ta ish o'rinlari NKMK AJ SHKB hissasiga to'g'ri keladi. Fuqaroga mas'ullar tomonidan hozirgi kunga kelib NKMK AJ SHKB tomonidan tuman hokimining 129-5-76-Q/24-sonli kvota qarorida belgilangan umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlarini, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarni tamomlab, kasbga ega bo'lgan yoshlar toifasi bo'yicha berilgan majburiyatni to'liq bajarganligi sababli, fuqaroga tuman hokimining kvota qarori asosida yoshlar toifasi bo'yicha zaxiralangan boshqa tashkilotlardan “O‘rmon xo‘jaligi bo'limidan, Obodonlashtirish boshqarmasidan, Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasidan, Navoiy kon-metallurgiya kombinati davlat jamg‘armasi Uchquduq hududiy boshqarmasidan zahiralangan ish o'rinlari taklifi berilgan
Vaholanki, fuqaro yuroqida berilgan takliflarni rad etib, aynan NKMK AJ SHKBda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlash ishtiyoqi mavjudligini iddao qilib kelmoqda. NKMK AJ ShKB tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotga asosan hozirgi kunda fuqaro B.Abdusamiyevni ma’lumot va mutaxassisligi bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari mavjud emas.
Shu jumladan fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi Aholi bandligi to‘g‘risidagi Qonunning 33-moddasiga asosan dastlabki kasbiy tayyorgarlikni talab qilmaydigan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa birinchi marta ish qidirayotgan, kasbga (mutaxassislikka) ega bo‘lmagan shaxslarning yoshga doir va boshqa xususiyatlari hisobga olingan holda haq to‘lanadigan boshqa ish, shu jumladan vaqtinchalik xususiyatga ega bo‘lgan ish ushbu shaxslar uchun maqbul keladigan ish hisoblanashi, ushbu qonunning 45-moddasiga asosan taklif etilgan maqbul keladigan ishni ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida uzrli sababsiz ikki marta rad etgan shaxslar ishsiz shaxs deb e’tirof etilmasligi tushuntirilgan.
Bundan tashqari fuqaroga Aholi bandligi to‘g‘risidagi 642-sonli qonunning 13-moddasiga asosan, ish.mehnat.uz saytida yangilanib boradigan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borishi tushuntirilganligini ma'lum qilamiz.