Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida uchrashuv tashkil etildi

error

2025-07-01

“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida uchrashuv tashkil etildi

Zarafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi ishchi hodimlari hamda hududdagi 15 ta mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari ishtirokida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha bosh mutaxassisi Kamil Nurnazarov ishtirok etdi hamda so‘zga chiqdi.

Kamil Nurnazarov o‘z nutqida korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarining ahamiyati, qonun ustuvorligi hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish zarurligi haqida to‘xtaldi. Shuningdek, u korrupsiyaviy holatlarga qarshi keskin kurashish, bu borada fuqarolik jamiyati va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Mazkur uchrashuv ishtirokchilar uchun korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, halollik va mas’uliyatli munosabatni kuchaytirish borasida amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.