Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

“Korrupsiyaga qarshi — birga kurashamiz”

error

2025-07-11

Bugun Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida korrupsiyaning oldini olish bo'yicha kengaytirilgan “Korrupsiyaga qarshi — birga kurashamiz” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Unda boshqarma boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev rahbarligida, boshqarma Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Kamil Nurnazarov, boshqarma markaziy apparati xodimlari, tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari rahbarlari hamda xodimlari, shuningdek, viloyatdagi 330 nafar mahalla hokim yordamchilari ishtirok etdi.

Yig'ilishda Lutfullo Xayrullayev o'z nutqida, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimda murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlarda halollik, vijdonlilik va kasbiy mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, bosh mutaxassis Kamil Nurnazarov o‘z chiqishida soha xodimlarining mas’uliyati, shaxsiy javobgarligi va fidoiy mehnati korrupsion holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. U har bir xodimdan yuqori kasbiy mahorat, tashabbuskorlik va tashkilot manfaatlariga daxldorlik ruhida faoliyat yuritishni talab qilish lozimligini bildirdi.

Yig‘ilish yakunida korrupsiyaning oldini olish, uni bartaraf etishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar, ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha amalga oshiriladigan rejalar muhokama qilinib, mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi axborot xizmati