Янгиликлар
Янгиликлар
2025-07-18
⚖️ Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi mehnat va mehnatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshiradi.
Joriy yilning birinchi yarmida inspeksiya tomonidan o'tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 10 501 nafar xodimning 129 mlrd 769 mln so'm oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlari undirib berildi.
Shundan:
✅ 109 mlrd 106 mln soʻm Davlat mehnat inspektorlari aralashuvi bilan undirilgan.
✅ 20 mlrd 663 mln soʻm sud orqali undirilgan.
👉 Bular orasida yirik ish beruvchilar ham, kichik va o’rta biznes subyektlari ham mavjud. Qonun esa barcha uchun barobar!
Agarda ish faoliyatingiz davomida mehnat huquqlaringiz buzilayotgan bo'lsa, https://dmi.mehnat.uz sayti hamda quyidagi ishonch telefoni orqali murojaat qiling:
☎️ (71) 200-06-00