Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Harbiy xizmatchilar oilalari bilan ochiq muloqot: bandlik va kasb-hunar yo'nalishida targʻibot ishlari olib borildi

error

2025-07-21

Navoiy viloyati Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi masʼul vakillari hamda Navoiy shahri Kasbiy koʻnikmalar markazi mutaxassislari 20022-harbiy qism Madaniyat va maʼrifat markazida boʻlib oʻtgan tadbirda ishtirok etdi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan ochiq muloqot tarzida davra suhbati oʻtkazilib, ularni bandlikka yoʻnaltirish, kasb-hunarga oʻqitish, qayta tayyorlash va malaka oshirish imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida xotin-qizlar hamda harbiy xizmatchilar oilalari uchun yaratilgan ijtimoiy imkoniyatlar, turmush sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Mazkur tashrif harbiy xizmatchilarning oilaviy barqarorligini ta'minlash va ularning ijtimoiy hayotda faol ishtirokini kuchaytirish yoʻlida muhim qadamlardan biri boʻldi.