Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

#RASMIY MUNOSABAT

error

2025-10-21

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘qituvchilar yana qora mehnatda” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarda Xatirchi tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori tomonidan o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani haqida murojaat bildirilgan.

Mazkur holat viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi huzuridagi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, Tursunov Zarifjon Abdug‘afforovich, Xatirchi tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori  2025-yil 23-avgust kuni yangi qurilgan o‘quv binosida maktab jamoasi a’zolarini o‘z ixtiyorlari asosida tozalash ishlariga jalb qilgan.

O‘rganish natijasida Tursunov Z.A.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida” kodeksining 49-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish holati aniqlangan.

Unga nisbatan qonunchilikka muvofiq 2 060 000 so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgaligini ma'lum qilamiz.