Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

error

2025-10-21

“Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida  yig'ilish bo'lib o'tdi.

Bugun Navoiy viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosiga qaratilgan, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida yig'ilish tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev, viloyat prokuraturasi bo‘lim katta prokurori Nodir Rahmonov, boshqarma xodimlari, shuningdek, tuman va shahar bandlik bo‘limlari boshliqlari hamda xodimlari, 310 ta mahalla hokim yordamchisi ishtirok etdi.

Seminarda korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uni keltirib chiqaruvchi omillar va oldini olish yo‘llari haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Tadbir ishtirokchilarida halollik, mas’uliyat va qonuniylik tamoyillariga amal qilish borasida yanada chuqur tushuncha shakllantirildi.