Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

Daromadi past kambag‘al oilalar sharoiti o‘rganilmoqda

error

2025-10-23

Viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Lutfullo Xayrullayev Zarafshon shahrida bo‘ldi. 

Jarayon davomida rahbar Tinchlik, Oltin vodiy, Istiqlol va Yangi Zarafshon mahallalarida yashovchi daromadi past, kambag‘al oilalar xonadonlarida bo‘lib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini o‘rgandi.

Fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Shuningdek, mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.