Янгиликлар
Янгиликлар
2025-10-24
Ish joyi nafaqat samarali mehnat, balki xodimlarning xavfsizligi uchun ham talabga javob berishi shart!
1. Bino va inshootlar — ish turiga mos, xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan bo‘lishi lozim:
⚡️ Masalan: Payvandlash ishlari yonuvchi devorlar orasida olib borilmasligi kerak.
2. Asbob-uskunalar xavfsiz bo‘lsin:
🖋Sertifikat, texnik pasport va ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi shart.
3. Avariya chiqish yo‘llari — har doim ochiq bo‘lishi kerak:
🔥 Masalan: Yong‘in paytida chiqish yo‘li to‘sib qo‘yilgan bo‘lsa — bu qonunbuzarlik hisoblanadi.
4. Xavfli zonalar belgilanadi:
⚠️"Xavfli! Chetda turing!" kabi belgilar bo‘lishi shart.
5. Hududda harakat xavfsizligi:
🚶♂️🚧🚜 Piyodalar va transport uchun alohida yo‘laklar belgilanadi.
6. Qulay ish sharoiti:
🌡Harorat, yorug‘lik va havo aylanishi sanitariya talablariga mos bo‘lishi zarur.
Ish beruvchi xodim uchun xavfsiz, qulay va qonunga mos muhit yaratishi shart. Bu — majburiyat emas, hayot va sog‘liq uchun javobgarlik!