Саҳифа манзили: 

Танланган матн: 

Хабар

Янгиликлар

#Mehnat_xavfsizligi

error

2025-10-29

🏗 Qurilishda xavfsizlik — eng muhim talab!

❗️Qurilishda ishlayotgan mutaxassis va ishchilarning sog‘lig‘i hamda xavfsizligi ta’minlanishi shart.

Quyidagi asosiy qoidalarga albatta rioya qiling: ⬇️

🔹 1. Ish joyi sharoiti: Qurilish boshlanishidan oldin ishchilar uchun sanitariya va maishiy xonalar tayyor bo‘lishi kerak.

🔹 2. Balandlikda ishlash: Faqat 18 yoshdan oshgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va tajribali xodimlar ishlashi mumkin.

🔹 3. Ruxsatnomalar: Har qanday ish faqat rasmiy dalolatnoma va naryad-ruxsatnoma bilan boshlanadi.

🔹 4. Himoya kaskasi: Har bir ishchi GOST 12.4.087–84 talablariga mos kaska kiyishi majburiy!

🔹 5. Tibbiy yordam: Obyektda dori qutisi va zambil bo‘lishi shart.

🔹 6. Xavf sezilsa: Ishlar darhol to‘xtatiladi, odamlar xavfsiz joyga evakuatsiya qilinadi.

🔹 7. Ob-havo: Pudratchi havo ogohlantirishlarini oldindan yetkazishi kerak.

🔹 8. Xavfli materiallar: Faqat maxsus yo‘riqnomadan o‘tgan xodimlar ishlatadi.

✈️ Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi foydali ma'lumotlarni ushbu kanalda (https://t.me/mehnat_xavfsizligi1) kuzatib boring.