Янгиликлар
Янгиликлар
2025-10-31
➡️ “Siyosiy ma’rifat soati” doirasida xodimlar ishtirokida navbatdagi “Ma’naviyat soati” tashkil etildi
Navoiy viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida haftaning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan “Siyosiy ma’rifat soati” doirasida navbatdagi “Ma’naviyat soati” tashkil etildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotida boshqarma xodimlari ishtirok etib, O‘zbekiston va xorijda ro‘y berayotgan eng muhim siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning siyosiy savodxonligini oshirish, ularni mamlakat va dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida xabardor qilib borishdan iboratdir.
Shuningdek, ushbu “Siyosiy ma’rifat soati” ni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz (https://ilm.argos.uz/) platformasi hamda YouTube orqali quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin:
https://youtu.be/UL-enHkWEW0?si=tnDdYyYY-eiSTk-5